Liga 1. "Lion" - "Marsel" uchrashuvi to'xtatildi, sababi Payetga minbardan shisha uloqtirildi
22 noy 2021 01:12
Yangiliklar
Liga 1. "Lion" - "Marsel" uchrashuvi to'xtatildi, sababi Payetga minbardan shisha uloqtirildi
Barchasi "Lion" muxlislari "Marsel" futbolchilariga tribunadan turli buyumlarni uloqtirib, standart vaziyatlarni amalga oshirishda xalal berganidan boshlandi.
Yakunda shishalardan biri "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payetning boshiga tegdi.
SHu sababli o'yin to'xtatildi.
This is disgraceful from Lyon fans. A bottle thrown at Payet & yet again, another Ligue 1 game suspended.
— Tom Scholes (@_TomScholes) November 21, 2021
The biggest Ligue 1 season in years, the eyes of the world on it & this nonsense keeps happening. pic.twitter.com/QzrKqSfkNA
Eslatib o'tamiz, 22 avgust kuni Nitcada bo'lib o'tgan "Nitca" - "Marsel" uchrashuvi ham 75-daqiqada mehmonlar sardori Payet o'ziga otilgan plastik butilkalardan birini yana podiumga uloqtirganidan so'ng to'xtatilgandi. SHundan so'ng muxlislar maydonga bostirib kirishdi va futbolchilar o'rtasida o'zaro to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Ikkala jamoa ham tribunaga yo'l oldi, biroq hakam biroz pauzadan so'ng barchani maydonga jalb qilgach, "Marsel" futbolchilari uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortishgandi.
Fikrlar