“Lids” xo'jayini Zlatan va Kavanining jamoaga kelish imkoniyatlari haqida gapirdi
21 iyu 2020 20:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582510_original.jpg)
![](/upload/storage/582510_220.jpg)
“Lids” xo'jayini Zlatan va Kavanining jamoaga kelish imkoniyatlari haqida gapirdi
16 yildan so'ng APLga qaytgan “Lids Yunayted”ning xo'jayini Andrea Radriccani jamoani kuchaytira olishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
- Ibragimovichni qo'lga kiritish oson ish bo'lmaydi. Yanvarda u bilan shartnoma imzolashga harakat qildik, ammo yakunda u “Milan”ni tanladi. Hozir esa o'ylashimcha, juda kech bo'ldi, chunki ingliz futbolidagi intensivlik butunlay boshqacha.
Edinson Kavani – bu erga moslashib keta oladigan ajoyib o'yinchi, lekin u haqda murabbiy (Marselo Belsa) bilan hech qachon gaplashmaganman. Albatta, uning variantini o'ylagandik. Ko'ramiz, axir u hozirda erkin agentku, deya Radriccanining so'zlarini keltiradi Sky Sports Italia.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar