So’nggi yangiliklar

12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  3 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  13 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  7 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1

Licenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK licenziyasini, 9 ta klub esa milliy licenziyani shartli ravishda qo'lga kiritdi Yangiliklar

Licenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK licenziyasini, 9 ta klub esa milliy licenziyani shartli ravishda qo'lga kiritdi

Teglar :  Licenziyalash
OFK veb-saytida 2021 yilgi licenziyalash jarayoni natijalari elon qilindi. Unga ko'ra, bu yil 12 ta o'zbek klubi OFK licenziyasiga ega chiqdi.

Licenziya olgan klublar soni bo'yicha O'zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreyadan so'ng BAA bilan 3-pog'onani bo'lishib turibdi.

Umuman licenziyalash jarayoni o'tkazilishing eng asosiy sababi – klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, ularning har jihatdan professional maqomga mos tushishiga erishish sanaladi.

SHuni inobatga olib O'zPFL yil avvalida qita futbol konfederaciyasi bilan hamkorlik qilgan holda yangi “Klublarni licenziyalash reglamenti” ishlab chiqdi va uning ijrosini mavsum davomida nazorat qilib bordi. Bunda klublar OFK onlayn platformasi – AFC CLASga 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo'yicha zarur hujjatlar to'plamlarini yuklab borishdi.

Bu yil masalaga jiddiy yondoshuv o'z samarasini berdi va birinchi bor har bir klub maxsus platformaga hujjatlarni to'liq joyladi. Ilgari xalqaro maydon uchun imkoni bor klublargina licenziyalashga jiddiy etibor bergan, qolgan klublar talabni deyarli bajarmagan.

SHuningdek, tarixda ilk bor Pro liga klublari ham licenziya olish uchun potencial nomzodga aylandi, ko'plab klublar stadion yoritish tizimini yaxshlash zarur ekanini anglab, bu borada oldinga qadam tashladi.

SHu kungacha professional klublarimiz duch kelgan eng katta muammo auditorlik hisobotlari bilan bog'liq bo'lgan. O'zPFL bu yo'nalishda OFK bilan bir necha bor muzokara olib bordi va yakunda barcha klublar uchun auditorlik hisoboti bo'yicha yagona namuna ishlab chiqildi. Biz auditorlik xulosalari xalqaro standartlari asosida OFK platformasiga joylashtirilishni uddaladik.

Yakunda 12 ta klubimiz OFK licenziyasini qo'lga kiritdi.

Yuqoridagi barcha jihatlarni inobatga olgan holda 2022-yilgi musobaqalarda qatnashish uchun licenziyalar 3 xil toifada taqdim etildi:

OFK licenziyasi (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So'g'diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy licenziya (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So'g'diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy licenziya (shartli ravishda – 9 ta klub) – “Mashal”, “Navbahor Lochinlari”, “Qo'qon-1912”, “SHo'rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangier Quruvchi”, “Aral Samali”.

Etibor berayotgan bo'lsangiz, “Neftchi”, “Buxoro” va “Dinamo” Pro ligada ishtirok etgan bo'lsa-da yakunda OFK va Milliy licenziya talablarini bajara oldi. Ushbu 3 klubni aksar Superliga ishtirokchilariga o'rnak sifatida ham ko'rsatish mumkin. Zero ular zarur kamchiliklarini vaqtida bartaraf etdi va hujjatlar to'plamlarini to'liq tarzda topshirishdi.

Lekin bazi klublar projektor borasida hamon muammoga ega. SHu boisdan “Mashal”, “Qo'qon-1912”, “SHo'rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangier Quruvchi”, “Aral Samali” klublari Milliy licenziyani ham shartli ravishda qo'lga kiritishdi. SHuningdek, ushbu klublarda yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish bo'yicha dastur, yani akademiya yoki futbol maktabi yo'riqnomasi bo'yicha ham kamchiliklar kuzatildi. Ushbu sanab o'tilgan klublar kelasi mavsum startiga qadar ushbu kamchiliklarini tuzatishlari lozim bo'ladi. “Navbahor Lochinlari” esa qolgan barcha mezonlarga to'liq javob bersa-da, klubning sobiq murabbiylari oldidagi qarzdorligi masalasi hal etilganicha yo'q.

Qolaversa, mavsum o'rtasida Pro ligani tark etgan “Oq-tepa”ga licenziya rad etildi. Hali tashkil topganiga va O'zPFL musobaqalarida qatnashayotganiga 2 yil bo'lmagan “Olimpik” esa Licenziyalash reglamenti “2-yillik qoida”siga mos tushmagani bois licenziyalashda rasman ishtirok etmadi.

Malumot uchun, 2016 yildan boshlab OFK licenziyalash talablarini qatiylashtirib, uni yangi bosqichga olib chiqa boshladi. SHu tariqa 2018 yil OFK licenziyasiga sankciyasiz ega chiqqan klublar soni 4 tani tashkil qildi, 2019 yilda esa bu ko'rsatkich 6 taga etdi. 2020 yilda biz mazkur raqamni 7 taga olib chiqqandik. Bu yil esa 12 talik dovonga etib keldik. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика