"Leypcig" Turkiya chempionati to'purarini xarid qilmoqda
21 sen 2020 20:07
Yangiliklar
"Leypcig" Turkiya chempionati to'purarini xarid qilmoqda
"Trabzonspor" hujumchisi Aleksander Syorlot "Leypcig"ga o'tishga yaqin turibdi.
"O'ylaymanki, kelishuv yaqin kunlarda amalga oshadi", – deydi nemis klubi sport direktori Markus Kreshe.
Bild'ning yozishicha, o'yinchining transfer miqdori taxminan 20 million evro va bonuslar sifatida qo'shimcha 4 millionni tashkil qiladi.
24 yoshli norvegiyalik bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi, ammo sobiq norvegiyalik futbolchi, hozirgi kunda jurnalist bo'lib faoliyat ko'rsatayotgan Yan Oge Fyortoftning so'zlariga ko'ra, u bekor qilingan, sabablari esa ko'rsatilmagan.
Syorlot Turkiya chempionatining o'tgan mavsumida 34 uchrashuvda 24 ta gol urdi va musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar