"Leypcig" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
12 dek 2022 16:51
Yangiliklar
"Leypcig" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Leypcig" yarim himoyachi Dani Olmo bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Bu haqda klub sport direktori Maks Eberl xabar bermoqda.
"Muzokaralarni davom ettiramiz. Albatta, ushbu masala kun tartibida turibdi", – dedi Eberl matbuot anjumanida.
24 yoshli ispaniyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Olmo joriy mavsum "Leypcig" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar