So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  4 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Bundesliga. Pyontek gol urib, "Gerta"ni mag'lubiyatdan qutqardi, "Leypcig" esa ochko yo'qotdi Yangiliklar

Bundesliga. Pyontek gol urib, "Gerta"ni mag'lubiyatdan qutqardi, "Leypcig" esa ochko yo'qotdi

"Leypcig" hamda "Gerta" o'rtasidagi Bundesliganing 28-tur uchrashuvi voqealarini shu sahifada kuzatib boring.

RB Leipzig

Lukas Klostermann - 24', Patrik Schick - 68'

1. Bundesliga . 28-tur

27/05/2020, 22:30

2
:
2
Tugadi

Hertha Berlin

Marko Grujic - 9', Krzysztof Piatek - 82'

Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bastian Dankert

45'
90'
24'  Lukas Klostermann
24'  Christopher Nkunku
45'  Marcel Halstenberg
58'  Dani Olmo (Ademola Lookman)
63'  Marcel Halstenberg
66'  Christopher Nkunku (Angelino)
68'  Patrik Schick
68'  Konrad Laimer
79'  Timo Werner (Hannes Wolf)
79'  Patrik Schick (Willi Orban)
9'  Marko Grujic
9'  Marvin Plattenhardt
11'  Marvin Plattenhardt (Maximilian Mittelstaedt)
42'  Peter Pekarik
57'  Jordan Torunarigha
71'  Vladimir Darida (Krzysztof Piatek)
71'  Dodi Lukebakio (Javairo Dilrosun)
77'  Per Ciljan Skjelbred (Arne Maier)
78'  Vedad Ibisevic (Jessic Ngankam)
82'  Krzysztof Piatek
90'  Matheus Cunha

"Leypcig" – "Gerta" 2:2

"Red Bull Arena Leypcig"
Gollar: 0:1 – 9 Gruyich, 1:1 – 24 Klostermann, 2:1 – 68 SHik, 2:2 – 82, penalti Piontek.
"Leypcig": Gulachi, Xalstenberg, Upamekano, Klostermann, Nkunku (Anxelino, 66), Laymer, Olmo (Lukman, 58), Zabitcer, Adams, Verner (Volf, 79), SHik (Orban, 79).
"Gerta": Yarsteyn, Boyata, Pekarik, Plattenxardt (Mittelshtedt, 11), Torunariga, Darida (Piontek, 71), SHelbred (Ngankam, 78), Gruyich, Lukebakio (Dilrosun, 71), Ibishevich (Mayer, 78), Mateus Kunya.
Ogohlantirishlar: Pekarik (42), Xalstenberg (45), Torunariga (57).
CHetlatish: Xalstenberg (63).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 2:2

90. Ikkinchi bo'limga ham birinchi taymdagi kabi 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Anxelino "Leypcig"ning ajoyib hujumini noaniq zarba bilan yakunladi. 

83. Bosh hakamning aloqa uskunasida nosozlik borligi tufayli bahs biroz to'xtatildi. Zaxiradagi referi kamchilikni bartaraf etishga yordam berdi.

82. GOOOL! Kshishtof Pyontek hisobni tenglashtirdi. Polshalik hujumchi penaltida adashmadi. 2:2!

81. PENALTI! "Leypcig" futbolchisi Mateus Kunyani o'z jarima maydonchasida yiqitdi.

71. "Gerta"da ikkitalik o'zgarish: Darida o'rniga Pyontek, Lukebakio o'rniga Dilrosun bahsga qo'shildi. O'tgan mavsum katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan Kshishtof Pyontekni esladingizmi?

68. GOOOL! Kamdan-kam sodir bo'ladigan gol! Darvozabon Patrik SHik bergan zarbadan so'ng to'pni egallab olgandek ko'rindi, ammo to'p sekin dumalab darvozaga kirib ketdi. "Leypcig" bir kishi kam bo'lsada hisobda oldinga chiqib oldi.

66. O'zgarish: Nkunku o'rniga "Manchester Siti"dan ijaraga olingan Anxelino maydonga tushdi va qo'lidagi yozuvni Zabicerga berdi. Qog'ozda Nagelsmanning yangi ko'rsatmalari borligi aniq.

63. Marsel Xalstenberg o'yindan chetlatildi! Futbolchi o'z jarima maydonchasi yonida raqibga nisbatan qo'pol o'ynab, ikkinchi sariq kartochkani oldi va jamoasini og'ir ahvolga solib qo'ydi.

55. Patrik SHik Vernerning uzatmasidan so'ng to'pga qaychi uslubida zarba berishga urindi, ammo to'p darvoza tomonga bormadi va xavf bartaraf etildi.

49. Tayler Adams to'pni "Gerta" jarima maydonchasi ichiga tashladi, ammo uni darvozaga buradigan futbolchi topilmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Tanaffus paytida foydalanilgan to'plarni dezinfekciya qilishdi va endi bahsni qo'rqmasdan davom ettirish mumkin.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. Hujumlar ko'proq "Leypcig" tomonidan tashkil etilmoqda. Ammo jarima maydonchasiga uzatilayotgan to'plardan naf bo'lmayapti.

37. Klostermannga nisbatan qoida buzildi. "Leypcig" raqib darvozasidan 25 metr uzoqlikda standart ishlab oldi. Zabicerning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'pni mehmon jamoa himoyachilari qaytarib yuborishdi.

28. Verner raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo to'pni o'zida saqlab qolish uchun qoida buzdi.

24. GOOOL! KLOSTERMANN! Lukas Nkunkuning uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi.

15. Bu esa Berlin klubinig bosh murabbiyi Bruno Labbadia. "Gerta"ning joriy mavsumdagi to'rtinchi ustozi.


14. Koronavirus tufayli "Leypcig" ustozi Yulian Nagelsmann shunday uslubda intervyu berdi.

11. O'zgarish: Golli pas sohibi Plattenxard oldinroq raqib futbolchisi bilan to'qnashib, jarohat olgani uchun almashtirildi. Uning o'rnini Maksimilian Mittelshtedt egalladi.

9. HISOB OCHILDI! "Gerta" kutilmaganda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Plattenxard to'pni burchakdan o'yinga kiritdi va Marko Gruich gol muallifiga aylandi.

7. Stadion qo'riqchisining o'ziga xos niqobi.

6. Bahsning dastlabki 5 daqiqasi mezbonlarning ustunligi ostida o'tdi, biroq hisob ochilgani yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi!

------------------------------------------------------------------------------------------------------ 

"Leypcig" – "Gerta" LIVE

21.30, «Red Bull Arena Leypcig»

"Leypcig": Gulachi, Xalstenberg, Upamekano, Klostermann, Nkunku, Laymer, Olmo, Zabitcer, Kampl, Verner, SHik.

"Gerta": Yarsteyn, Boyata, Pekarik, Plattenxardt, Torunariga, Darida, SHelbred, Gruyich, Lukebakio, Ibishevich, Mateus Kunya.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика