"Leypcig" "Bavariya" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
28 apr 2022 13:10
Yangiliklar


"Leypcig" "Bavariya" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Bavariya" himoyachisi Tangi Nyanzuga "Leypcig" qiziqmoqda.
"Bavariya" Nyanzuni "Leypcig"ga xarid qilish huquqisiz ikki mavsumga ijaraga berishga tayyor. O'yinchining o'zi o'tish orqali katta o'yin amaliyotiga ega bo'lishga qiziqmoqda.
Himoyachi "Bavariya"ga 2020 yilda PSJdan erkin agent maqomida o'tgandi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
O'yinchi ikki yil davomida Myunxen klubi tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar