Levandovski Rossiya terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushmaydi
31 may 2021 19:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640065_original.jpg)
![](/upload/storage/640065_220.jpg)
Levandovski Rossiya terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushmaydi
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bu haqda Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Souza matbuot anjumanida malum qildi.
Polsha va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1 iyun kuni Vroclavda bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin ikkala jamoa uchun ham Evropa chempionatiga tayyorgarlik bosqichini o'tab beradi.
"Robert uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga tushmaydi. Yaqinda yakunlangan mavsum va engil jarohatini inobatga olgan holda, biz uni asosiy tarkibda o'yinga tushirmoqchi emasmiz", — deydi Souza.
32 yoshli hujumchi ushbu mavsumda Gerd Myullerning gollar soni bo'yicha rekordini yangiladi, "Bavariya" futbolchisi 29 o'yinda 41 ta gol urdi. SHuningdek, u faoliyati davomida ilk marta Evropaning eng yaxshi to'purariga beriladigan "Oltin butsa" mukofotini qo'lga kiritdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar