Levandovski: "Real"ga qarshi bahsda maydonga tusha olaman"
14 apr 2017 12:43
Yangiliklar


Levandovski: "Real"ga qarshi bahsda maydonga tusha olaman"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Real"ga qarshi CHempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvida maydonga tushishi mumkinligini tasdiqladi.
"Elkam qattiq og'riyapti. SHu sababli birinchi uchrashuvda o'ynay olmadim. "Bayer"ga qarshi bahsda ishtirok etmayman, ammo "Real" bilan maydonga tusha olaman" - deydi Levandovski.
Polshalik futbolchi elka jarohat tufayli 2:1 hisobida yakunlangan Madrid jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar