Levandovski: "Obameyyangdan ko'ra menda bosim kamroq"
01 dek 2015 12:43
Yangiliklar


Levandovski: "Obameyyangdan ko'ra menda bosim kamroq"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining fikricha, u Myunxen klubida boshqa forvardlardan ko'ra kamroq bosimga uchraydi.
Bundesliganing to'purarlar ro'yxatini Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang boshqarib bormoqda, uning hisobida 17ta gol bor, Levandovskida esa 14ta.
"Obameyyang 17ta gol urishga ulgurdi. "Bavariya"da gol ura oladigan hujumkor futbolchilar ko'p, shu sababli men hujumchi sifatida bosim his qilmayman.
Top-hujumchi bo'lish uchun qancha gol urish kerakligi borasida gapirishga erta. 14 yoki 17ta - juda kam. O'ylashimcha, ikki baravar ko'p gol urish kerak" - deydi Levandovski.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar