Levandovski Myuller bilan tandem bo'lish muvaffaqiyatli ekanini takidladi
03 dek 2015 22:35
Yangiliklar


Levandovski Myuller bilan tandem bo'lish muvaffaqiyatli ekanini takidladi
"Obameyang 17ta gol urishga erishdi. Lekin bitta o'yinda hammasi butkul o'zgarib ketishi mumkin. "Bavariya"da ko'plab gol urishni biladigan va gol uradigan futbolchilar topiladi. SHu boisdan men he qanday bosimni his qilayotganim yo'q. To'purarlik poygasi haqida gapirishga hali erta. Hozirgi urgan gollarimiz peshqadam bo'lish uchun juda kamlik qiladi. Menga Myuller bilan o'zaro tandem xosil qilib o'ynash juda yoqadi. Bu men uchun katta muvaffaqiyat. menga unga ko'zlarimni yumib ham to'p uzatishim mumkin. Agarda to'p Myullerda bo'lsa, bu menga maydonda ko'proq bo'sh hududlarni taqdim etadi. Myuller ko'plab himoyachilarni etiborini o'ziga qaratadi va bu menga qo'l keladi. Biz hali juda ko'plab gollarni uramiz", - deydi Robert Levandovski.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar