Levandovski muxlislarga dastxat berayotganda uning soatini o'g'irlashdi, futbolchi esa o'g'rini quvladi
19 avg 2022 21:10
Yangiliklar
Levandovski muxlislarga dastxat berayotganda uning soatini o'g'irlashdi, futbolchi esa o'g'rini quvladi
Payshanba kuni klubga tegishli "Ciutat Esportiva" mashg'ulot maydonining tashqarisida "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining soatini o'g'irlab ketishdi.
Qiymati 70 000 evro (59 000 funt sterling) bo'lgan soat 33 yoshli futbolchi "Barsa" bilan kechki mashg'ulot oldidan muxlislarga dastxat ulashayotganda o'marilgan.
Aytilishicha, 33 yoshli futbolchi o'g'rining ketidan quvgan. Policiya tezda gumonlanuvchini hibsga oldi va Levandovskiga soatini qaytardi.
Eslatib o'tamiz, polshalik futbolchi "Bavariya"dagi sakkiz mavsumlik faoliyatidan so'ng o'tgan oy "Barselona" tarkibiga qo'shildi.
Fikrlar