Levandovski koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qildi
21 mar 2020 21:40
Yangiliklar


Levandovski koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qildi
“Bavariya” forvardi bu ishni rafiqasi Anna Levandovski bilan birga amalga oshirgan.
Avvalroq, myunxenliklarning boshqa azolari Yozua Kimmix va Leon Gorecka ham xuddi shu summani koronavirusga qarshi kurashuvchi tashkilotlarga o'tkazib berishgandi.
31 yoshli Robert joriy mavsum Bundesliga (25 gol) va ECHLda (11) to'purar bo'lib turibdi. Polshalik o'tgan oy olgan jarohatini tiklamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar