Levandovski ispan grandiga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018, 11:10
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Real"ga o'tishni istamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Polsha terma jamoasi futbolchisining fikricha, "Qirollik klubi"ga o'tadigan vaqt keldi va yaqin vaqt ichida u "Real" vakillari bilan muzokara o'tkazmoqchi.

"Bavariya" rahbariyati bir necha marotaba futbolchini sotmasligini e'lon qilgan edi. Ammo nemislar muzokaralar o'tkazishi mumkin.

Levandovski va Myunxen klubi o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca