Levandovski "el klassiko"da o'ynaydimi? Xavi javob berdi
21 okt 2023 10:00
Yangiliklar


Levandovski "el klassiko"da o'ynaydimi? Xavi javob berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Robert Levandovskining "Real"ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Umid qilamanki, u o'ynaydi. U o'zini yaxshi his qilyapti va oldinga intilmoqda. Unda balki og'riq bordir,. lekin Leva o'ynashni istaydi. U etakchi. Robert o'ynamoqchi va og'riq kundan-kunga kamaymoqda.
Jarohatlar bazida taqvim sabab kelib chiqadi, bazida esa omadsizlikdan. Bizda uch nafar muhim futbolchida jarohat bor. Taqvim shu qadar tig'izki, bunday jarohatlar chiqib kelaveradi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar