Levandovski debyut uchrashuvidayoq gol urdi
22 iyu 2014 01:11
Yangiliklar
Levandovski debyut uchrashuvidayoq gol urdi
"Bavariya" jamoasi nazorat o'yinida Duysburg" bilan kuch sinashdi.
Myunxenning "Bavariya" jamoasi yangi mavsumda tayyorgarlik doirasida "Duysburg"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda "gollivud" jamoasining yangi azosi Robert Levandovski ilk o'yindayoq raqib darvozasi tomon yo'l topa oldi. Lekin uning kiritgan goli jamoasiga g'alabani taqdim etmadi. "Duysburg" jamoasi SHtarke qo'riqlagan darvozani ishg'ol etishdi va o'yinni durang natijasi bilan yakunlashga muvaffaq bo'lishdi.
"Bavariya"ning tarkibi: SHtarke, Rafinya, Badshtuber, Alaba, Kontento, Gaudino, SHoll, Zigart, Xeyberg, Bernat, Levandovski.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHtaynxart, SHvarc, Basta, Tobias SHvaynshtayger.
Fikrlar