Levandovski: "Blekbern"ga o'tishim mumkin edi, ammo vulqon tufayli Angliyaga bormaganman"
11 fev 2017 18:14
Yangiliklar
Levandovski: "Blekbern"ga o'tishim mumkin edi, ammo vulqon tufayli Angliyaga bormaganman"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski 2010 yilda "Lex"dan "Blekbern"ga o'tishi mumkinligi haqidagi hikoyani aytib berdi.
"Menda "Blekbern"ga o'tish imkoniyati bo'lgan. Men u erdagi shahar va mashg'ulot bazasini ko'rmoqchi bo'lganman, chunki buning hammasi qaerda joylashganiga ishonchim komil emasdi. "Blekbern"ga o'tganimda yaxshi bo'lar edi, ammo 2010 yilning aprelida Islandiyadagi Eyyafyadlayyokyudl vulqoni otilishi tufayli Angliyaga bormaganman.
Bu mening hayotimni o'zgartirgan bo'larmidi? Ha, bo'lishi mumkin. O'sha erda qolishim mumkin edi" - deydi Levandovski.
Fikrlar