Levandovski 43 ta gol urib, shaxsiy rekordini takrorladi
31 may 2020 00:43
Yangiliklar


Levandovski 43 ta gol urib, shaxsiy rekordini takrorladi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga doirasidagi "Fortuna"ga qarshi o'yin(5:0)da dubl qayd etdi.
31 yoshli polyak uchrashuvning 43-daqiqasida Tomas Myullerning pasini golga aylantirdi, shuningdek, 50-daqiqada Serj Gnabrining uzatmasidan keyin ikkinchi golini urdi.
Levandovski Germaniya chempionatidagi 28 va 29-gollarini o'z hisobiga yozib qo'ydi. U turnirning eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi "Leypcig" vakili Timo Verner esa raqib darvozasiga 24 ta to'p kiritgan.
Umuman olganda, Levandovski klub uchun barcha turnirlarda mavsumning 37 o'yinida 43 ta gol urdi. Bu orqali u shaxsiy rekordini takrorladi. Robert 2016/17 yilgi mavsumda 47 o'yinda 43 ta gol urgan.
Bundan tashqari, Levandovski hozirda Bundesligada mavjud jamoalarning barchasiga gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar