

Shunday qilib, terma jamoa ustozi Yoaxim Lev Germaniya terma jamoasidagi g'alabalar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
56 yoshli Lev 2006 yildan buyon terma jamoani boshqarib kelmoqda. Uning g'alabalari soni 87taga etdi. Xelmut Shen (1964 – 1978) hisobida ham shuncha g'alaba bor. Mutloq rekordchi Zepp Xerberger (1936 – 1964) - 96ta g'alaba.
Uchala murabbiy ham turli yillarda Germaniyani Jahon chempioni qilishgan.



