"Lester"ni APLda g'olib qilgan Raneri Franciya chempionini boshqarishi mumkin
01 iyu 2021 14:38
Yangiliklar
"Lester"ni APLda g'olib qilgan Raneri Franciya chempionini boshqarishi mumkin
Ortda qolgan mavsumda Franciya chempioni bo'lgan "Lill" bosh murabbiyi Kristof Galte 25 may sanasida istefoga chiqishini elon qilgan edi.
Ayni vaqtda "Lill" ushbu lavozimga "Lester"ni APLda chempion qilishni uddalagan Klaudio Raneri nomzodini ko'rib chiqmoqda. "Foot Mercato"ning xabar berishicha, 69 yoshli italiyalik mutaxassis muzokaralarga tayyor.
SHuningdek, nomzodlar orasida Loran Blan, Patrik Vieyra, Lyusen Favr ham Fotix Terim ham bor.
Fikrlar