"Lester"ga qarshi bahsdan so'ng Arsen Venger matubot-anjumanida nimalar dedi?
12 avg 2017 11:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/270794_original.jpg)
![](/upload/storage/270794_220.jpg)
"Lester"ga qarshi bahsdan so'ng Arsen Venger matubot-anjumanida nimalar dedi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Lester Siti"ga qarshi kechgan Angliya chempionatining birinchi tur uchrashuvi (4:3) haqida firk bildirdi.
"Biz iroda ko'rsatdik va oxirigacha jang qildik. Bizning darvozaga urilgan bazi gollardan qochib qutilsak bo'lardi, buning ustida ishlaymiz.
Jiru? Uni inson va futbolchi sifatida yaxshi ko'raman, u fantastik yigit. U ketmoqchi emas. Bir marta unga ketish imkoniyatini berganman, chunki hujumchilarimiz ko'p edi, ammo u qolishni maqul ko'rdi. O'yinlar ko'p va har bir forvardga imkon beraman deb umid qilaman.
Bu mavsumda sovrin uchun 6 yoki 7 jamoa kurashadi, bu chempionatni yanada qiziqarli qiladi. Har bir yo'qotilgan ochko juda qimmatga tushishi mumkin" - deydi Venger.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar