So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

"Lester"ga qarshi bahs oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

"Lester"ga qarshi bahs oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Ertaga, 14 sentyabr kuni APLda 5-tur bellashuvlariga start beriladi. "Old Trafford"da MYU "Lester"ni qabul qiladi.

Bugun ana shu uchrashuv oldidan "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Manchester United

Marcus Rashford - 8'

Premier League . 5-tur

14/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Leicester City

Stadion: Old Trafford, 73689 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
8'  Marcus Rashford
67'  Nemanja Matic (Fred)
70'  Juan Mata (Tahith Chong)
84'  Daniel James
90'  Daniel James (Axel Tuanzebe)
57'  Hamza Choudhury (Ayoze Perez)
68'  Demarai Gray (Harvey Barnes)
75'  James Maddison
90'  Ben Chilwell

Jarohatlanganlar haqida
Jarohatlanganlardan kimdir ertaga maydonga tushishiga vada bera olmayman. Lekin, biz ulardan hech bo'lmasa bir yoki ikki nafari zaxirada bo'lishiga harakat qilamiz. Ko'ramiz, o'yingacha nima bo'larkin. Balki ular keyingi dam olish kunigacha safga qaytishar.
Lazaretimiz hamon to'la. Ehtimol Aaron (Van Bissaka) yoki Jessi tayyor bo'lar. Lekin, bunga kafolat bera olmayman.

"Lester" haqida
"Lester" - hamisha og'ir o'yin. Bu top-4ga kirishni xohlaydigan jamoa. Ularda yaxshi o'yinchilar, ajoyib murabbiy bor. Brendan (Rodjers)ning jamoalari har doim tomoshabop futbol namoyish etadi. Biz 3 ochko ishlash uchun yaxshi o'ynashimiz zarur.
Bizda maydonga tushishi mumkin bo'lgan tajribali o'yinchilar bor. Xuan, Nemanya, Esh - ularning barchasi dastlabki turlarda uncha ko'p o'ynashmadi. Lekin, ertaga bizning boshlang'ich tarkibimiz o'rtacha yoshi ko'tariladi.


De Xeaning shartnomasi haqida
Men Davidning qolishini xohlayman va uning o'zi ham buni biladi. David - dunyoning eng zo'r darvozaboni. Buni ko'p yillardan beri ko'rib kelmoqdamiz. Umid qilaman, u faoliyatini eng yuqori darajada "Manchester Yunayted"da tugatadi. Klub va David o'rtasida ko'plab muzokaralar bo'ldi. Yakunda u bilan yangi shartnoma imzolay olamiz deb umid qilaman.

Pogba o'yindan tashqarida
Pogba to'liq tayyor bo'lmaydi. U kutilmaganda to'liq sog'ayib ketadi va ertaga 100 foizga tayyor bo'la oladi deb o'ylaysizmi? Yo'q, bunday bo'lmaydi.

Maguayr qay darajada moslashib oldi?
O'ylashimcha, u qoyilmaqom bo'ldi. U jamoaga keldi va o'zini maydonda ham, kiyinish xonasida ham etakchi sifatida ko'rsata oldi. Aminmanki, u sobiq jamoasi bilan to'qnashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda. U kelajakda jamoada katta rolni bajaradi. U aynan bizga zarur futbolchi ekanligiga amin bo'lish uchun uzoq vaqt uni kuzatib bordik. SHu sabab unga pul sarfladik. "Lester" esa uni yo'qotishni istamagan edi.
Etakchilar kamligini inobatga olganda Maguayr kelajakda sardor bo'lishi mumkinmi?
Unda o'zgacha xarakter bor, bu orqali u katta klubning sardori bo'lishi mumkin. Kiyinish xonasida u etakchi. Uning o'zini tutishi, xarakteri - kuzatishni xohlaydigan jihat. Kimdir o'yin bo'yicha etakchi, kimdir sunosabatlarda. Unda esa har ikkisi qorishib ketgan.


Marsyal haqida
Umid qilamiz, u keyingi hafta "Vest Xem"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi. Pol va Antoni bir bosqichda va ularning har ikkisi keyingi o'yinga tayyor bo'ladi deb o'ylayman. Lekin, bundan ortiq hech narsa ayta olmayman.

Jeyms haqida
Uni o'rganayotganimizda Giggz bilan gaplashdim va u "Old Trafford"dagi birinchi o'yinidayoq gol urganidan ajablanmadim. U ishonchga erishdi, u qoyilmaqom o'ynadi. Unda portlovchi tezlik bor. U har ikki oyog'i bilan zarbalar berishni mashq qilmoqda va yanada ko'proq gollar uradi.

Skoulzning so'zlariga ko'ra, "Yunayted" yaqin bir necha yillarda chempionatni yutmaydi
Pol "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lish nima ekanligini yaxshi biladi. "Liverpul" va "Siti"ning biz bilan o'tgan mavsumdagi farqidan kelib chiqilsa, ularga tez orada chaqiruv tashlay olishimiz qiyin. Lekin, ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilganini u ko'rib turibdi. To'g'ri yo'lni topa olishimizga ishonaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика