“Lester” Meddisonning narxini malum qildi
01 iyu 2019 08:54
Yangiliklar


“Lester” Meddisonning narxini malum qildi
Futbolchiga ayni damda “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddison yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Futbolchiga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Malum bo'lishicha, London klubi rahbariyati futbolchi borasida “tulkilar” bilan aloqaga chiqqan. “Lester” esa o'z navbatida futbolchini 60 mln funtdan kamiga sotmasligini malum qilgan. Avvalroq Jeymsga “Tottenxem” ham qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.
Meddison APLning ortda qolgan mavsumida 7 ta gol urdi va 7 ta assistni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar