"Lester" himoyachisi "Arsenal" libosini kiyib suratga tushdi
06 iyu 2021 22:35
Yangiliklar
"Lester" himoyachisi "Arsenal" libosini kiyib suratga tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Lester"ning franciyalik himoyachisi Uesli Fofananing "Arsenal" formasini kiyib olgan surati paydo bo'ldi va "kanonirlar" tarafdorlarining munozaralariga sabab bo'ldi.
Fofana tezda vaziyatni tushuntirishga va "Lester" muxlislarining g'azabini yumshatishga harakat qildi.
"‘Arsenal’ formasidagi yigitlar meni aldashdi. Do'stlarim bilan futbol o'ynadim, o'yin oxirida liboz almashdik. Keyin suratga tushdik. Bu o'rtoqlik o'yini edi va hazilona surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketadi, deb o'ylamagandim.
Muxlislar oldida xijolatman va ushbu g'avg'oni yaratgan yigitlardan g'azabdaman. ‘Arsenal’ muxlislaridan uzr so'rayman, menda qizil rang bilan bog'liq kelishmovchilik yo'q, lekin hozir qalbimda faqat ko'k rang jo'sh uradi", — deydi "tulkilar" himoyachisi o'z tvitter sahifasida.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
03:00
"Nyukasl" javob uchrashuvida ham "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratib, Liga kubogi finaliga yo'l oldi! 4
Fikrlar