"Lester" futbolchisi "Atletiko"ga o'tadi
07 jan 2023 15:05
Yangiliklar
"Lester" futbolchisi "Atletiko"ga o'tadi
"Lester" futbolchisi CHaglar Souyunju faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli turkiyalik futbolchi yanvar oyida kelishuv amalga oshmaydigan taqdirda joriy yil yozida Madrid klubi azosiga aylanishi mumkin bo'ladi. Markaziy himoyachi Premer-liga vakili bilan mavsum so'ngiga qadar amalda bo'ladigan shartnomaga ega. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Futbolchining o'zi kelajagini kaerda ko'rayotgani borasida aniq qarorga kelgan ko'rinadi. Soyunjuga Italiyaning "Roma" klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Himoyachi joriy mavsumda "tulkilar" libosida 2 ta o'yinda maydonda ko'rinish berdi. Transfermarkt portali Soyunjuni 22 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar