So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  10 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Leonid Sluckiy: Vaziyatga qarab, futbolchi olamiz Yangiliklar

Leonid Sluckiy: Vaziyatga qarab, futbolchi olamiz

Teglar :  Leonid SluckiyCSKA
Moskvaning CSKA klubi 4 sentyabr kuni yangi qurilgan Arena CSKA stadionida sinov o'yinini o'tkazdi.

Torpedoga qarshi kechgan uchrashuv muxlislarsiz o'tdi va harbiylar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Ana shu bahsdan so'ng CSKA bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Championat.com saytiga intervyu berdi.

- O'z klubingiz qurgan yangi maydonda o'ynash qanday kechdi?


- Yangi stadionda bo'lib o'tgan uchrashuvning har bir daqiqasidan rohatlandik. Bu o'yinni o'tkazishimiz muhim edi. CHunki terma jamoalar o'yinlari munosabati bilan ko'plab futbolchilarimiz o'yin amaliyotisiz qolishgandi. Masalan, Vern­blum va Ignashevichlar terma jamoalaridagi faoliyatlarini yakunlashgan.

- Stadionni loyihalashda sizdan ham maslahatlar so'rashdimi?


- Ayrim jihatlar - murabbiylar o'rindig'i, kiyinish xonasi borasida tavsiya olishdi. Yani, faqat o'z faoliyatim bilan bog'liq narsalar bo'yicha. Bundan boshqa yordam ham bera olmasdim.

- Arena CSKAga birinchi bor tashrif buyurganingizda o'zingizni qanday his qildingiz?

- Yangi stadionga kelganda, o'zingizni xuddi yangi uydagidek his qilasiz. Hamma burchaklarni o'rganib chiqasiz. Ajoyib hissiyotlar og'ushida qolasiz.

- Arena CSKAni siz tashrif buyurgan stadionlardan birortasiga solishtirib bo'ladimi?

- Birortasiga o'xshamaydi. Usul inglizcha. To'g'ri burchakli forma, tribuna maydonga yaqin. Bizning stadionda o'ziga xos jihatlar ham bor.

- Torpedoga gol urgan Gordishenkoni yangi stadiondagi birinchi gol sohibi, deb hisoblasa bo'ladimi?


- Unda mashg'ulotlar paytida kiritgan to'plarimizni ham hisoblash kerak. Umuman olganda, rasmiy o'yinda urilgan gol birinchisi hisoblanadi. Umid qilamanki, siz aytgan futbolchi Terek bilan bo'ladigan o'yinda to'p kiritadi.

- Terek bilan bo'ladigan uchrashuvda, muxlislar bilan to'lgan stadionda jamoa o'zini yo'qotib qo'ymaydimi?


- Jamoamiz ancha tajribali va ehtiroslarini jilovlay oladi. Biz oldinlari ham Evropaning top-klublariga qarashli muxlislar bilan to'lgan stadionlarda o'ynaganmiz. Bu erda esa o'z ishqibozlarimiz bo'ladi. Ularning qo'llashi bizga yordam berishi kerak.

- Fernandesning sog'lig'i qanday? U Terek bilan bo'ladigan o'yingacha oyoqqa turadimi?


- SHu kunlarda umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kerak.

- Oleg Yarovinskiyning aytishicha, CSKA ikki nafar kuchli hujumchi bilan muzokara olib borgan ekan. Ikki frontda o'ynab, bir forvard bilan qolish qiyin emasmi?


- Tarkibimizda Strandberg, Ionov bor. Axir Oydan kelmaganman. Klub qanday sharoitlarda yashayotganini yaxshi bilaman. Imkoniyatimiz nimagadir etsa, yana boshqasiga etmasligi mumkin. So'nggi yillarda bor etibor stadion qurilishiga qaratilgandi. Albatta, murabbiy sifatida jamoamda top futbolchilar bo'lishini istayman. Lekin vaziyatni ham inobatga olish kerak. To'g'ri, Traore va Strandbergdan boshqacha usulda o'ynaydigan, Muso yoki Dumbiyaga o'xshash hujumchi bo'lganida yomon bo'lmasdi.

- Braziliya matbuotida Vitinoning ortga qaytayotgani haqida yozishdi...


- Bu haqda gap bo'lmagan. Avvaliga uning qaytishi qishga rejalashtirilgandi.

- Fotosuratchilar Otkritiy Arenada Stanislav CHerchesov bilan gaplashib o'tirganingizni suratga olishgandi. Gap nima haqida bo'ldi?


- Haqiqatan ham suhbatlashdik.

- Terma jamoa haqida gap ketdimi?


- Yo'q.

I.ISROILXONOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика