Leonardo Bonuchchi "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi
27 iyu 2018 15:23
Yangiliklar
Leonardo Bonuchchi "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi
"Milan"ning yangi sport direktori Leonardo himoyachi Leonardo Bonuchchining "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi.
"Bir necha klublar qatori "Yuventus" vakillari bilan ham uchrashdim. Bonuchchining o'zi "Yuventus"ga qaytishi borasida klubdagilar bilan gaplashib ko'rishimni istadi. Agarda barchasi o'xshasa, transferni rasmiylashtiramiz.
Biz buning amalga oshishiga qarshi emasmiz. Uning jamoadan ketishini inkor qilmayman", - dedi Leonardo.
Fikrlar