Leo Jaragua safda: Qozog'iston himoyachisi Argentina bilan uchrashuvga tayyor
30 sen 16:16
Yangiliklar
Leo Jaragua safda: Qozog'iston himoyachisi Argentina bilan uchrashuvga tayyor
Qozog'iston terma jamoasi himoyachisi Leo Jaragua diskvalifikaciya muddati tugaganidan keyin bo'lajak o'yinga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.
Bu haqda QFF matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog'iston terma jamoasida to'p tepayotgan braziliyalik futzalchi Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.
Uning yo'qligiga qaramay, Qozog'iston terma jamoasi Portugaliyani mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi. Navbatdagi o'yinda terma jamoa Argentina bilan to'qnash keladi.
Yarim finalga chiqish uchun o'yin bugun "Humo Arena"da 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar