So’nggi yangiliklar

22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  8 22:00Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  27 21:25Британия топ-клублари Шотландия ёшлар терма жамоаси сардорини кузатишмоқда  0 20:45"Эвертон" собиқ футболчисига ҳайдовчи бўлиб ишлаш таклиф қилинди  1 20:26"Ал Гарафа" - "Ал Насср". Роналду асосий таркибдами?  10 19:45Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор". Таркиблар эълон қилинди. Машарипов бошланғич таркибдами?  18 19:20"Sky Sports"нинг Рубен Аморим билан жонли эфирда уюштираётган суҳбатини бузиб қўйган Эд Ширан кечирим сўради  0 18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  6 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  21 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  3 17:05Рубен Аморим: "Кейинги йил ҳам шу босқичда худди шу муаммолар билан қоламиз ёки ҳозир бошлаб, бироз таваккал қиламиз"  7 16:42"Манчестер Сити" Англия терма жамоасининг 20 ёшли футболчисига қизиқмоқда  0 16:16Италия терма жамоаси собиқ ҳужумчиси миллий федерацияни бошқариши мумкин  1

Leo jahonda tengsiz futbolchi, lekin Messi faktorini Bavariya tan olmaydi! Yangiliklar

Leo jahonda tengsiz futbolchi, lekin Messi faktorini Bavariya tan olmaydi!

Ayni paytda jamoalar o'rtasidagi tafovut qay darajada katta ekanligini futbolni tomosha qilib turgan istalgan muxlis tushunadi.

Vidal «Bavariya» doim favorit, lekin «Barselona» dunyoning eng kuchli jamoasi deganini o'zi ham ko'p narsani anglatib turibdi. Yani, hozirgi kecha-kunduzda bu gapga na Messi va boshqalar ishonadi. SHunchaki pafos. Va albatta jamoani ruhiy taraflama ko'tarish uchun aytilgan gap.

Hozirgi «Barselona»da Messi faktori avvalgidanda muhim o'ringa chiqqan. Jamoa o'yini maqtagulik emas va muvaffaqiyat uchun Messining o'yini yoki kayfiyati hal qiluvchi omilga aylanib turibdi. Xattoki «Napoli» bilan o'yinda jamoa Messi faktori evaziga natija ko'rsatdi.

Ayni paytda ko'pchilik Messi va Levandovskini solishtirib, o'zaro taqqoslamoqda. «Bavariya» ustozi bu borada juda to'g'ri gap aytdi: Messi juda katta farq bilan jahonning eng yaxshi futbolchisi. Bunga shubha yo'q. Lekin gap 2020 yil va o'tib borayotgan joriy mavsum haqida ketsa, unda uzr. Hozirgi holatda Levandovski har taraflama Messidan ko'ra samarali o'ynamoqda va muhimi, uning harakatlari bevosita jamoa natijalari muvafqaqiyatli qilmoqda. Nafaqat individual ko'rsatkich, balki jamoaviy natijalar ham hozircha maksimum.

Levandovski: 44 o'yin, 53 gol, 8 assist. Gol plyus pas = 61 ochko.

Messi: 43 o'yin, 31 gol, 25 assist. Gol plyus pas = 56 ochko.



Endi ko'pchilik gapirayotgan va bugun «Barselona»ni hisobdan chiqarmaslikka undovchi asosiy omil — «Messi faktori» haqida.

Ishoning, Messi faktori jahondagi istalgan jamoani mag'lub etish uchun kifoya qilishga qodir. Misollar shart emas.

Lekin xususan «Bavariya»ga qarshi bahsda bu faktor qanchalik rol o'ynagan? SHu savolga asosli javob berishga urinib ko'raman.

Messi «Bavariya»ga 5 o'yin o'tkazgan. 2009 yilda «Kamp Nou»da 4:0 va Myunxenda 1:1 durang. Lekin u payti «Barselona» Messi faktoriga emas, jamoaviy kuchli o'yinga tayanib yutgan yil. O'sha «Bavariya» esa oxirgi 15 yilliklagi eng kuchsiz jamoa.

Keyinchalik Messi 2013 yilda yarim finaldagi dastlabki o'yinda ishtirok etgan va javob bahsida maydonga tushishiga ham hojat qolmagandi: 4:0; 0:3 = 7:0 «Bavariya» foydasiga.

2015 yil «Barselona» «Bavariya» to'sig'idan o'tgan va Messi ikkita gol urgandi.

Messi «Bavariya»ga qarshi 5 o'yin o'tkazgan — 2 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat = 4 gol.


Ko'pchilik Messining Boatengni yiqitib aldab o'tib, Noyerga urgan golini esga oladi va jahon ommasida bu hozirgacha o'ziga xos trendda.



Lekin unutmaslik kerakki, Messi Boateng bilan o'zaro 5 bor to'qnash kelgan. Faqatgina 2015 yilda o'sha “yiqitib” gol urgan o'yinidan tashqari barchasida yutqazgan: 1 g'alaba (2015/ECHL) va 4 mag'lubiyat (2010/JCH; 2013/ECHL birinchi o'yin; 2014/JCH; 2015/ECHL javob o'yini).

Boateng — Messi 4:1

Yani, Boatengga qarshi o'yinlarda odatda Messi zararsizlantirib kelingan. Boateng va Messi maydonda tushgan o'yinlarda Messi faqatgina 2015 yilgi ECHLdagi «Kamp Nou»da kechgan bellashuvda gol urgan xolos.

Bu hammasi emas. Messi & Noyer qarama-qarshiligida ustunlik Noyer tarafida. Messi bu to'qnashuvda faqatgina 2015 yilgi ECHLdagi dastlabki o'yin bilan maqtana oladi xolos. Qolgan bahslarda Messi tomon doim yutqazgan. Messi Noyer darvozasini 5 o'yinda faqatgina 2 bor ishg'ol etgan. Qolgan to'rt bahsda Noyer Messidan to'p o'tkazmagan va g'olib chiqqan.

Noyer — Messi 4:1


Messining Myuller bilan ham o'zaro qiziq statistikasi mavjud. Bu ikkovlon maydonda o'zaro 5 marotaba kuch sinashgan. JCH-2010da Myuller Messi boshliq Argentinani tor-mor qilgan, Tomas gol urgan. 2013 yilgi har ikkala o'yinda Myuller gol urgan (3), Messi esa birinchi uchrashuvdan keyin javob o'yinida o'ynamagan. 2014 yilgi finalda g'olib kim bo'lganini hamma biladi. Messi va Myuller maydonda tushgan o'yinlarda faqatgina bir bor Messi g'olib chiqqan. O'sha 2015 yilgi ECHLdagi dastlabki o'yinda. Qizig'i, o'sha bahsni Myuller asosiy tarkibda boshlamagan o'yin tugashi arafasida zaxiradan maydonga tushgan xolos.

Myuller — Messi 4:1

Myuller:
4 gol.
Messi: 2 gol.

Bu shunchaki raqamlar. Menimcha, hech bir jamoa yoki «Bavariya» futbolchilari kabi hech kim o'zaro to'qnashuvlarda Messidan ustun emas.

SHu jihatlar ham Messi faktori o'sha 2013 yildagi yirtqich «Bavariya»ni eslatayotgan hozirgi Flik jamoasiga «tishi» o'tmasligiga shama qilayotgandek.

Jamoalarning hozirgi holati va o'yinini o'zaro solishtirib, tahlil qilmadim. Bu erda hammasi ochiq-oydin ravshan. Birgina Messi faktoriga tayanayotgan bugungi «Barselona»ga ushbu jihat «Bavariya» bilan bo'ladigan bo'lajak to'qnashuvda kamlik qilishiga tegishli asoslar borligiga etibor qaratdim xolos.

Lekin bu futbol va unda har narsa ruy berishi mumkin. Ayniqsa formati o'zgargan va bir o'yinlik bahsda nisbatan kuchsiz jamoalarning imkoniyati malum darajada o'sadi.

Jahon futboli tarixidagi eng zo'r futbolchi tarkibida bo'lishi g'alabani kafolatlamaydi. Aksincha, eng zo'r jamoa bo'lish g'alabaga ko'proq yaqinlashtiradi. «Bavariya» hozirgi kundagi eng zo'r jamoa tarifiga munosib jamoa. Har holda ular ko'rsatayotgan o'yin va qayd etayotgan natijalar etirofga loyiq.

Kutamiz, tomosha qilamiz.


SHahboz Beg'amov

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика