Leno: "Zenit" so'nggi daqiqalarda quturib ketdi, ammo himoyachilarimiz yaxshi o'ynashdi"
05 noy 2014 10:00
Yangiliklar


Leno: "Zenit" so'nggi daqiqalarda quturib ketdi, ammo himoyachilarimiz yaxshi o'ynashdi"
"Zenit" so'nggi daqiqalarda quturib ketdi, juda kuchli o'ynashdi, ammo himoyachilarimiz yaxshi harakat qilishdi. O'ylashimcha, bugun biz raqibdan kuchliroq edik va uch ochkoga munosib ravishda erishdik. Bu g'alaba biz uchun muhim. Jamoamga birga-bir vaziyatlarda yordam berganimdan xursandman. Bu mening qarzim edi, chunki so'nggi o'yinlarda yaxshi o'yin ko'rsata olmadim. Jamoamiz mardlarcha kurashdi va asosiysi uch ochko hamyonimizda.
Endi guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz yanada oshdi, lekin nimchorak finalga rasman yo'l olganimiz yo'q. Qolgan ikki uchrashuvda ham g'alaba qozongan holda, guruhimzda birinchi o'rinni olmoqchimiz, chunki keyingi bosqichda juda kuchli raqib tushishini xohlamaymiz.
Son Xyun-Min yaxshi do'stlarimdan biri. U uchun xursandman va Sonni alohida tabriklamoqchiman. U zo'r yigit. Bugungi CHempionlar ligasi o'yinida bu o'yinchi jahon darajasidagi futbolchiligini isbotladi" - deydi Leno.

Fikrlar