Lempard Usmonovga qarshi sankciyalar "Everton"ga tasir qilmasligini aytdi
05 mar 2022 13:57
Yangiliklar
Lempard Usmonovga qarshi sankciyalar "Everton"ga tasir qilmasligini aytdi
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa asli kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga qo'llangan sankciyalardan so'ng o'zini qanday his qilayotganini aytdi.
Usmonovga tegishli kompaniya Angliya klubi bilan muntazam hamkorlik qiladi.
Lempardning so'zlariga ko'ra, u bilan bu savollarni hech kim muhokama qilmagan, ammo mutaxassisda jamoa o'zini yaxshi his qilayotgani bo'yicha etarli malumot bor.
"Menda qo'rquv yo'q", - deydi Lempard.
Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, u o'z jamoasi va futbolchilar bilan ishlashga etiborini qaratishi kerak.
Fikrlar