Lempard o'rtoqlik o'yinida tomoshabinlardan biriga penalti tepishni taklif qildi
01 avg 2022 00:02
Yangiliklar


Lempard o'rtoqlik o'yinida tomoshabinlardan biriga penalti tepishni taklif qildi
"Everton" va Kievning "Dinamo" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ukrainaliklar darvozasiga penalti belgilandi.
O'sha paytga kelib "Everton" allaqachon 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi va "irislar" ustozi Frenk Lempard tribunadagi muxlisga penalti tepishni taklif qildi.
Albatta, bu tasodifiy futbol ishqibozi emas edi - Pol Stratton Angliyadagi ukrain diasporasiga yordam berish bilan tanilgan va shuning uchun u penalti tepishga taklif qilindi. SHuni takidlash kerakki, Pol penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Angliya chempionati beshinchi avgust kuni boshlanadi, birinchi turda "Everton" Londonning "CHelsi" klubini qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar