Lempard: "Muvaffaqiyatli murabbiy bo'lish uchun Terrida hamma narsa bor"
10 okt 2018 19:12
Yangiliklar
Lempard: "Muvaffaqiyatli murabbiy bo'lish uchun Terrida hamma narsa bor"
"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi lavozimida ishlayotgan Frenk Lempardning fikricha, futbolchilik faoliyatini yakunlagan uning sobiq jamoadoshi Jon Terri o'zini murabbiy sifatida ko'rsata olishini aytdi.
"U murabbiylik qilishiga hech qanday shubha yo'q. Adashmasam, Terri bu haqida gapirgan edi. Jonda buning uchun hamma narsa bor. U maydonda va uning tashqarisida etakchi bo'lgan. Murabbiylik vazifasida ham shunday bo'ladi deb o'ylayman. Terrida katta tajriba va bilim bor.
Jon Angliya futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biri. Sovrinlar soni bunga isbot. U 15 yil davomida o'zini va atrofdagilarni bor kuchi bilan o'ynashga majbur qildi" - deydi Lempard.
Fikrlar