Lempard jamoasi irodali g'alabaga erishdi

4 avg 2018, 09:46
Angliya Chempionshipida ishtirok etuvchi “Derbi Kaunti” mavsumning ilk uchrashuvida “Reding” bilan kuch sinashdi.

Reding shahridagi “Madeyski” stadionida kechgan bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishishdi.

“Derbi”ning yangi ustozi Frenk Lempard uchun bu murabbiylik faoliyatidagi ilk g'alaba bo'ldi.

Uchrashuv davomida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishiga qaramay yakunda “Derbi Kaunti” futbolchilari ikkita gol urib, irodali g'alabaga erishishdi.

Eslatib o'tamiz, Lempard 2018 yilning 31 mayidan boshlab “Derbi”da bosh murabbiylik vazifasiga kirishdi. 40 yoshli mutaxassis jamoa bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia