Rasman: Lempard ikkinchi marta "CHelsi"ni boshqaradi
06 apr 2023 17:53
Yangiliklar


Rasman: Lempard ikkinchi marta "CHelsi"ni boshqaradi
44 yoshli mutaxassis bilan shartnoma mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"CHelsi" futbol klubi mavsum oxirigacha Frenk Lempard bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini elon qildi.
Lempard 2019-2021 yillarda "CHelsi"ni boshqargan. 2 aprel kuni "CHelsi" Grem Potterni istefoga chiqardi.
"Bu harakat "ko'klar" bilan ajoyib faoliyatini o'tkazgan, uch marta Premer-ligada g'olib chiqqan va Myunxenda CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan Frenkning "Stemford Brij"ga qaytishini anglatadi. U klubni 84 o'yinda boshqargan, shu jumladan, Angliya Kubogi finalida ham", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar