So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

Lempard: “Ikki ochko yo'qotdik, bu biz uchun katta dars bo'ldi” Yangiliklar

Lempard: “Ikki ochko yo'qotdik, bu biz uchun katta dars bo'ldi”

“CHelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard APl 3-turi doirasida “Vest Bromvich”ga qarshi uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limidan keyin londonliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishayotgandi.

“Raqibni hurmat qilgan holda aytamanki, biz ikki ochko yo'qotdik. Bu erga kelarkansan, raqib har qanday xatoingdan foydalanib ketishini bilib turasan. O'yingacha biz standart vaziyatlardan ehtiyoti bo'lish kerakligini aytgandik.

O'yindagi xatolarni oldindan bilib bo'lmaydi. Bunday hisobdan keyin o'yinga qaytib, xarakter ko'rsata olgani uchun jamoamni olqishlayman. Agar hammasini to'g'ri bajarganimizda, bunday olqishlar shart ham bo'lmasdi. 

Hisobga tasir ko'rsatadigan yaqqol xatolar bo'ldi. Birinchi bo'limda ikki-uchta golli vaziyatlarni yarata oldik. Hisob 0:3 ga o'zgarganidan keyin mezbonlar himoyaga katta etibor qaratishdi.

Bu biz uchun katta dars bo'ldi. Biz yaxshiroq bo'lishga intilamiz. Jamoa hali hamon izlanishda. Yangi futbolchilar jamoaga moslashib ketishiga biroz vaqt kerak bo'ladi”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Lempard.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика