Lempard: "CHelsi" hozircha titullarga davogar emas"
25 dek 2020 21:30
Yangiliklar
Lempard: "CHelsi" hozircha titullarga davogar emas"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoasining ushbu mavsumda chempionlik uchun davosi bor yoki yo'qligi haqida aytib o'tdi.
"Mavsum boshi bir tekis o'tmadi: yangi futbolchilar keldi, bazi futbolchilar safda yo'q edi, mavsumoldi tayyorgarlik bo'lmadi. Agar bizning natijalarimizga nazar tashlasangiz, ular ham yaxshi, ham yomon bo'lib ko'rinadi.
Oldinga odimlayapmiz, jamoa sezilarli darajada yaxshilandi, men bundan juda xursandman, lekin biz bundan ko'proq narsani xohlaymiz. Biz barcha sovrinlar uchun kurashmoqchimiz, ammo bunga bosqichma-bosqich yondashishimiz kerak. Allaqachon bir necha qadamlarni tashladik, biroq men hali ko'p ishlar qilishimiz kerakligini his qilyapman", – dedi mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar