Lempard: “Boshqa kun bo'lganida 5-6 ta gol urishimiz mumkin edi”
06 dek 2020 08:57
Yangiliklar
Lempard: “Boshqa kun bo'lganida 5-6 ta gol urishimiz mumkin edi”
“CHelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard APL 11-turi doirasida “Lids” (3:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Lids – ajoyib jamoa. Ularning uslubi ajoyib, raqibni yaxshi o'rganadigan jamoa. Oldimizda qiiyn vazifa turganligini bilardik. Ko'p jihatlar bo'yicha yigitlarim meni hayratda qoldirishdi.
Men “Lids”ning harakatlaridan biroz jahlim chiqdi. Bu jamoa bilan hisobda farqni kattalashtirib olmaguningcha, ular xavfliroq ko'rinishda davom etishadi. Boshqa kun bo'lganida biz 5-6 ta gol urib o'yin taqdirini hal etib qo'yardik, ammo biz hali hamon vaziyatlarni golga aylantirish borasida ishlayapmiz, sovuqqon bo'lishga intilayapmiz.
Jiru – top o'yinchi, vaziyatlarni sovuqqonlik bilan golga aylantira oladi. U yana bir-ikkita gol urishi mumkin edi”, dedi Lempard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar