Lempard: "Arteta - aqlli murabbiy"

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 15:27
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Arsenal"dagi hamkasbi Mikel Arteta haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis o'tgan haftada "Arsenal" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Arteta - aqlli murabbiy. U "Siti"da Pep Gvardiolaning talimini oldi. Shu boisdan Arteta biroz tajribasiz degan fikrga qo'shilmayman. U ancha vaqtdan buyon ishlayotgan 50 yoshli murabbiylarga o'xshaydi", - dedi Lempard.

"Arsenal" - "Chelsi" uchrashuvi bugun soat 19:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola