Lemar "Atletiko" bilan shartnomani uzaytiradi, Oblak bilan esa muzokaralar davom etmoqda
15 okt 2021 12:37
Yangiliklar
Lemar "Atletiko" bilan shartnomani uzaytiradi, Oblak bilan esa muzokaralar davom etmoqda
"Atletiko" o'yinchilari bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda italiyalik jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Yarim himoyachi Toma Lemar jamoada qoladi. U yangi shartnoma imzolaydi. Darvozabon Yan Oblak bilan esa muzokaralar davom etmoqda. Darvozabon bilan kelishuvga erishish uchun ko'proq vaqt talab etilishi kutilmoqda.
Ikki futbolchining ham shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. 28 yoshli Oblak joriy mavsum "Atletiko" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 7ta to'p o'tkazib yubordi va 4 bor "quruq" o'yin o'tkazdi. 25 yoshli Lemar esa 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar