So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

"Lego"dan uy, samolyotda uchmaslik va futbol tarixidagi g'alati shartnomalar Yangiliklar

"Lego"dan uy, samolyotda uchmaslik va futbol tarixidagi g'alati shartnomalar

Futbolchi va klublar o'rtasidagi shartnomalarni o'rganish bilan shug'ullanadigan xakerlik guruhi - Football Leaks shartnomalardagi g'ayrioddiy bandlar haqidagi malumotlarni malum qildi.


Roberto Firminoning "Liverpul" bilan shartnomasida futbolchi "Arsenal"ga o'tmasligi haqida band bor. Boshqa jamoalar esa uni 98 million evro evaziga o'z saflariga qo'shib olishlari mumkin.

Mario Balotelli esa "Liverpul"da qo'shimcha bir million funt ishlab olishi mumkin edi. Faqat u buning uchun uchtadan ko'p qizil kartochka olmasligi lozim bo'lardi. 

Esekel Lavessi Xitoyda shoxona xayot kechirmoqda. Uning shartnomasiga ko'ra futbolchida to'liq jihozlangan uy, ikkita mashina, haydovchi, oshpaz va shaxsiy tarjimoni bor. Argentinalik futbolchining oylik maoshi 2,5 million evroni tashkil qiladi.

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris esa har bir o'yini uchun 3500 funt miqdorida pul oladi. G'alaba qozongan o'yinlarda esa ushbu mukofot puli ikki baravarga ko'payadi.

Serxio Aguero 2011 yilda "Atletiko"dan ketgan bo'lsada, haliyam o'z gollari bilan madridliklarni xursand qilmoqda. Gap shundaki, "Manchester Siti" futbolchining xar 15 ta goli uchun 250 ming evroni "Atletiko" hisob raqamiga o'tkazib beradi.


Endi esa tarixdagi g'ayrioddiy shartnomalar bilan tanishib chiqamiz:

Lego o'yinchoqlaridan uy

Germaniyalik hujumchi Juzeppe Reyna 1996 yilda "Arminiya"ga o'ziga hos shart asosida ko'chib o'tadi: unga ko'ra klub har bir mavsum oldidan futbolchi uchun yangi uy qurib berishi lozim bo'lardi. SHartnoma esa uch yilga mo'ljallangandi. Unga ko'ra Reyna uch yil ichida uchta uy egasiga aylanishni rejalashtirgan. 


Ammo, uning ushbu rejasi amalga oshmadi. Reyna ushbu shartnomaga hech qanday qo'shimcha bandlarni qo'shmagandi. (o'z o'rnida uyning joylashishi va hajmini ham). SHu sababli ham klub pulni ayyorona tarzda tejab qolishga qaror qiladi. 

Yakunda "Arminiya" rahbariyati har mavsum boshlanishi oldidan unga Lego o'yinchoqlaridan yasalgan uychalarni taqdim etgan :))


Qandolatchilik kurslari

Kongolik futbolchi Rolf Kristel Guye Men Germaniyada o'zining nostandart talablari bilan ajralib turardi. U 1999 yilda "Ayntraxt"ga o'tish oldidan quyidagicha kelishuvni istagan: klub uning xotini uchun qandolatchilik kurslarini topib berishi va ushbu kurslar uchun pulni to'lab berishi lozim bo'lgan.


Futbolchi va uning ayoli xafa qilingani yo'q. Juftlik ayni paytda Germaniyadagi baxtli oilalardan biri sifatida kun kechirmoqda.


Fazoga uchishga taqiq

1999 yilda SHveciya terma jamoasi safida JCH bronza medallarini qo'lga kiritgan futbolchi Stefan SHvarc "Sanderlend"ga ko'chib o'tadi. Tomonlar shartnoma imzolashlari oldidan yuristlar klubga futbolchining osmonga uchishga qiziqishi haqida xabar beradilar. Koinotga sayohatning qimmatligi esa klubdagilarni o'ylantirib qo'yadi. Yakunda esa... shartnomaga futbolchining "fazoga uchishi taqiqlanadi" nomli band qo'shiladi.


Safar o'yinlariga uchib bormaslik imkoniyati

"Arsenal" gollandiyalik futbolchi Dennis Bergkampga safardagi o'yinlarga samolyotda uchmaslik uchun ruhsat bergan. Aerofobiya (samolyotda uchishdan qo'rqish) sababli, futbolchi o'yinlarga yaxshi tayyorlana olmasligi mumkin edida!


Tatuirovkalar uchun taqiq

2011 yilda "Gamburg"ning gollandiyalik futbolchisi Eljero Elia badanga chizdirilgan tatuirovkalardan yuzaga kelgan allergiya sababli bir necha o'yin davomida futbolkalarni kiya olmagan.

Ortiqcha muammolar yuzaga kelmasligi sababli, klub rahbariyati futbolchilarga mavsum davomida badanlariga tatuirovkalar chizdirishni taqiqlab qo'ygan.


Ortiqcha vazn uchun jarima

90-yillarda "Liverpul"da o'ynagan Nil Raddok faoliyati yakunida "Kristal Pelas"ga ko'chib o'tadi. Klub futbolchining ortiqcha vazn to'plashini istamagan va buning uchun shartnomaga quyidagicha band kiritgan: 99,8 kgdan ortiqcha vazn uchun futbolchining maoshidan 10 foizi jarima sifatida ushlab qolingan. Bu albatta to'g'ri qaror edi. 


Futbolchi "Kristal Pelas"dagi amalga oshishi bo'lgan ilk debyut o'yinida maydonga tusha olmagan. Sababi, Raddokka katta o'lchamdagi shortik topib bera olishmagan. SHartnoma bandlariga binoan, uni ortiqcha vazn uchun 8 marotaba jarimaga tortishgan. Kutilganidek...futbolchi keyingi mavsumni "Pelas" safida emas, boshqa jamoada boshlaydi...


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика