So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

LegionerUz. Server Jeparov golli uzatma bergan o'yin “Istiqlol”ni Hazfi Kubogi finaliga olib chiqdi Yangiliklar

LegionerUz. Server Jeparov golli uzatma bergan o'yin “Istiqlol”ni Hazfi Kubogi finaliga olib chiqdi

Server Jeparov Eronga yo'l olayotganida, uning “Istiqlol” safida yo'qolib qolishi mumkinligini tahmin qilganlar bo'ldi. Birinchidan, Server 35 yoshda, ikkinchidan Eron chempionati jismoniy tomondan ham, futbolchilardagi atletizm tomonidan ham kuchli edi.

Biroq Tehron klubi anoyilardan emas. Ular Serverdagi ayrim xususiyatlar, yuqoridagi kemtiklarni yopib turishiga ishondi. Ayni vaqtda Jeparov Eronda bir tekis mavsumni o'tkazmoqda.

Kecha uning jamoasi Hazfi Kubogining finaliga yo'l oldi. Jeparovning aytishicha, mazkur kubokni qo'lga kiritgan jamoa CHempionlar Ligasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma yutib oladi. Germaniyalik mutaxassis Vinfrid SHefer Jeparovni asosiy tarkibda maydonga chiqardi va unga 65 daqiqa imkoniyat berdi. Server jamoasining ikkinchi goliga pas bergani bilan yodda qoldi. 

Yarim finalning ikkinchi o'yini turnir jadvalida 15-o'rinda borayotgan “Istiqlol Xuziston” hamda quyi liga vakili o'rtasida kechadi. Bu esa Jeparov jamoadoshlarining chempionlik imkoniyatlarini oshiradi. “Istiqlol” finalga qadar “Iranjavan Bushehr” (3:0), “Nassaji Mazandaran” (2:1), “Gol Gohar” (2:1) klublarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi.

Hazfi Kubogi

Yarim final

30 yanvar, seshanba

“Sanat Naft” — “Istiqlol” 1:2

Gollar: Pejman Muntazariy, 9 (0:1). Darvesh SHojaiyon, 44 (0:2). Lusiano Pereyra, 62 (1:2). 

Eron chempionati

“Istiqlol” o'zining navbatdagi o'yinini 4 fevral kuni chempionat doirasida “Zob Ohan”ga qarshi safarda o'tkazadi. Tehronliklar 3 ochko ortda ekanidan kelib chiqilsa, bu principial to'qnashuv bo'ladi. To'g'ri, chempionlik uchun imkoniyat ancha kam. Biroq kumush medallar uchun kurash ancha jiddiy.

Jeparov va Ahmedov 

“Lokomotiv” va “Nasaf” klublari CHempionlar Ligasining guruh bosqichlarida ishtirok etishi malum. SHuningdek, O'zbekiston milliy termasining ikki etakchisi futbolchisi — Server Jeparov va Odil Ahmedov ham CHempionlar Ligasining guruh bosqichida o'ynaydi.

“Istiqlol” guruhda Saudiyaning “Al-Hilol”, Qatarning “Ar-Rayyan” hamda Amirliklarning “Al-Ayn” klublariga qarshilik qiladi. Odil Ahmedov to'p suradigan “SHanxay SIPG” esa Yaponiyaning “Kavasaki Frontale”, Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyundai” hamda Avstraliyaning “Melburn Viktori” klublariga qarshilik qiladi.

Championat.asia statistikasi

Xitoy Super Ligasida chempionat boshlanib ulgurmadi. Jeparov to'p surayotgan Eronda esa aksincha, u o'zining hal qiluvchi pallalariga kirmoqda. Quyida Jeparovning chempionatdagi ko'rsatkichlari aks etgan.

 

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика