So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Legionerlarimiz qachon Toshkentga kelishadi? Yangiliklar

Legionerlarimiz qachon Toshkentga kelishadi?

O'zbekiston terma jamoasi kecha Toshkentda navbatdagi yig'inni boshlaganidan xabaringiz bor.

Dastlabki kungi mashg'ulotlarda yig'inga chaqirilgan 7 nafar legionerdan 2 nafari Odil Ahmedov va Sanjar SHoahmedov ishtirok etdi xolos. Qolgan legionerlar qachon terma jamoa ixtiyoriga etib kelishadi? Quyida bu savolga javob beramiz.

Rustam Ashurmatov

"Gvangju" klubi bilan birgalikda Janubiy Koreya K-ligasiga yo'llanmaga ega chiqqan Ashurmatov 4 noyabr kuni Toshkentga etib keladi. Bugun, 3 noyabr kuni "Gvangju" 35-turda o'z maydonida "CHonnam Dragons"ga qarshi o'ynadi va 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 9 noyabrda "Gvangju" chempionatning so'nggi turini "Tedjon Sitizen" klubiga qarshi safarda o'tkazadi. Klub rahbariyati vazifa muddatdan avval bajarilani bois o'zbekistonlik futbolchini ertaroq terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.


Ikrom Aliboev
"Seul" bugun o'z maydonida "Ulsan Xorang-I"ni qabul qildi va 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Klub navbatdagi uchrashuvni 23 noyabrda o'tkazadi. SHunday ekan Aliboev ham erta-indin terma jamoa tarkibida mashg'ulot o'tkazishi kutilmoqda.


Otabek SHukurov

BAA pro-ligasida peshqadamlik qilayotgan "SHarja" klubi 7 noyabr kuni "Al Jazira" mehmoni bo'ladi. Aynan mana shu bahsdan keyin Otabek SHukurov O'zbekistonga qarab uchadi. SHukurov Qirg'iziston bilan bahsga qadar Toshkentga etib keladi, ammo Abramov unga dam bersa kerak.


Temurxo'ja Abduxoliqov

Yaqindagina yana legionerga aylangan Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynayotgan "Xorfakkan" 8 noyabr kuni "Ajman" mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuvdan so'ng hujumchimiz Toshkentga etib keladi va Qirg'iziston bilan bahsda ishtirok etmaydi.


Eldor SHomurodov
Bugungi kunda terma jamoamiz etakchilaridan biriga aylanib olgan Eldor SHomurodov faoliyat olib borayotgan "Rostov" klubi 9 noyabr kuni Rossiya premer-ligasi 16-turi doirasida "Tambov"ni qabul qiladi. Ko'rib turganingizdek terma jamoamiz Toshkentda Qirg'iziston bilan o'ynayotgan paytda SHomurodov Rostovda "Tambov" bilan o'ynayotan bo'ladi. Eldor katta ehtimol bilan 11 noyabr kuni terma jamoa safida to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazadi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика