Legionerlarimiz. Guseynov jamoasi g'alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi

Sherzod Nurmatov
1 okt 2022, 17:45
Indoneziya chempionatida 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Hamyurtimiz Javlon Guseynov to'p tepayotgan "Borneo" klubi ushbu tur doirasida peshqadam "Madura Yunayted"ga qarshi o'ynadi. Bahs 3:0 hisobida "Borneo"ning g'alabasi bilan yakunlandi. 

Natijada, Guseynov jamoasi o'z hisobidagi ochkolari sonini 23 taga etkazib olgan holda peshqadamga aylanib oldi. 

Indoneziya chempionati

11-tur

"Borneo" – "Madura Yunayted" 3:0

Gollar: Mateus Pato  6', 45+2', 65'

Samarinda jamoasining keyingi tur o'yini 8 oktyabr kuni safarda "Persiya Jakarta"ga qarshi kechadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia