Javlon Guseynov: "JCH-2022da Argentinaga muxlislik qilmoqdaman"

Narzulla Saydullayev
27 noya 2022
Indoneziya chempionatida hamyurtimiz Javlon Guseynov to'p tepmoqda. Bu erda chempionat to'xtab qolganiga ikki oy bo'ldi. Xo'sh, chempionat qachondan boshlanadi?

U JCH-2022da kimga muxlislik qilmoqda. Quyida uning fikrlari quloq tutdik.

- Javlon, Indoneziya chempionati bahslari qachondan davom ettirilishi mumkin?

- To'g'risi, bu og'riqli mavzu. Chunki 2 yoki 3 kundan keyin chempionat to'xtatilganiga 2 oy bo'ladi. Orada liga rahbarlari o'zgardi. Yangi rahbariyat 2 dekabrda davom etishini vada qilgan. Ko'ramiz, buyog'i qanday bo'ladi.

- Sport formani ushlab turish oson bo'lmayotgandir?

- Albatta qiyin. Sal kam 2 oy rasmiy o'yinlarsiz mashg'ulot o'tkazib yurish qiyin. O'yinlar boshlansa hammasi o'z o'rniga tushib ketadi deb o'ylayman.

- Sizningcha, JCH-2022da qaysi jamoa chempion bo'lishi mumkin?
- Jahon chempionati boshlanishidan avval bu yil syurpriz jamoa bo'lishi mumkun degan taxmin qilganman. Balkim Qatardagi musobaqa bizga mana shunday voqeani taqdim etishi mumkin.

- JCH-2022da qaysi terma jamoaga muxlis qilyapsiz?

- O'zim bu safargi mundialda Argentinaga muxliklik qilmoqdaman.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia