So’nggi yangiliklar

18:35CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  5 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  5 18:29"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  30 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  14 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  3 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  9 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  7 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  5 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  7 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  7 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  4 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  6 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  8

"Legioner muxlis". To'rtinchi son Yangiliklar

"Legioner muxlis". To'rtinchi son

Teglar :  Legioner muxlis
Saytimizda "Legioner muxlis" rukni ishga tushgani haqida elon qilingan edi.

Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qilayotgan ko'plab futbol muxlislarimiz tomonidan "Legioner muxlis"da ishtirok etish istagini bildirishdi. Quyida navbatdagi "legioner muxlis"larimiz bilan tanishing.

Abdulaziz – Latviya
Bu do'stim Abdulaziz. Latviya mamlakatida tahsil oladi. “Real Madrid” jamoasining ashaddiy muxlisi. Evropa chempionlar ligasidagi 12-chempionlik qo'lga kiritilgan kuni baqiraverib tomog'i og'rib qoldi.



Abdullaev Jahongir – Rossiya
Men Bekobodda tug'ilganman. “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Krasnodar” futbol klublari, Italiya terma jamoasi muxlisiman. Odil Ahmedov o'ynagan kezlari “Krasnodar”ning RFPL va Evropa ligasidagi har bir o'yiniga qoldirmasdan tushib borardim. O'zbek futboli uchun fidokorona xizmat qilayotgan jurnalist  Dildora Holboevaga alangali salomimni yo'llab qolaman!


Malikjon Karimov – Rossiya, Moskva
Men Namanganda tug'ilganman. Moskvaga xizmat safari bilan borib turaman, ayni damda Rossiya poytaxtidaman. Futbolga juda qiziqaman.



Mamaturaimov SHohizamon – Turin, Italiya
Men Italiyaning Turin shahrida ishlayman Namanganning CHust shahrida tug'ilganman 3 oydan beri Turinda istiqomat qilaman. “Navbahor”, “Neftchi”, “Qo'qon-1912”, “Andijon”, “Barselona” klublarining uchrashuvlarini tomosha qilib turaman.



Mayk Nurullaev – AQSH, Nyu-York.
AQSHda kollejda tahsil olaman. Samarqandning “Dinamo” va “Real Madrid” klublarining muxlisiman.


Muhammedov Jasurbek – Rossiya, Moskva
Assalomu aleykum men Namangan viloyati Norin tumanidanman. Hozirda vaqtinchalik Moskvadaman. Yoshligimdan milliy terma jamoga muxlislik qilaman. Evropada “Manchester Yunayted” va O'zbekistondan “Navbahor”.



SHeron – SHotlandiya
Barchaga salom Qo'qondan SHeron bo'laman. SHotlandiya - CHexiya o'yini vaqtida olingan rasm.



SHerdorbek – Rossiya, Moskva
Futbolning ashaddiy muxlisiman. Ayni paytda Moskvadaman. “Spartak” va “Navbahor” klublariga muxlislik qilaman.



Abdumuminov Asan – Rossiya, Moskva
Men Andijon viloyati Xonobod shahar Kidirsha mahallasidan Abdumo'minov Asan bo'laman.
Sevimli jamoam “Real Madrid” va “Bunyodkor”, “Dordoy” klublariga omad tilayman. Hala Madrid!!!



Quvondiqov Jahongir – Qozog'iston, Astana
Men 1985 yil Samarkand viloyati Tayloq tumanida tug'ilganman, hozirda Qozog'iston poytaxti Astanaga istikomat kilaman. Futbolga 1998 yildan biri qiziqaman, jahon futbolida "Bavariya" klubining ashadiy muxlisiman. O'zbek futbolida esa "Dinamo"ni qo'llab-quvatlab turaman. Sankt Peterburg shahrida malum bir vaqt bo'lganman o'sha vaqt, o'sha mashhur "Anji" mehmonga kelganda o'yinga tushib turardim va Odil Ahmedovni qo'llab turardim.



Nozimxo'ja Norxo'jaev – Rossiya, Sankt-Peterburg
Asli qo'qonlikman hozirda Sankt-Peterburg shahrida yashayman. “Real Madrid” klubining ashaddiy muxlisiman. Men ham har bir yurtdoshim kabi O'zbekiston terma jamoasiga yuragim bilan ishqibozlik qilaman.



Saloxiddin Zokirjanov – Finlyandiya, Xelsinki.
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar.  Men Finlyandiya poytaxti Xelsinkida yashayman. Menejer bo'lib ishlayman. “Real Madrid” hamda “Navbahor” klublarining jonkuyar muxlisiman. Bu loyihaga gap yo'q. Barchaga omad!!!  “Hala Madrid”!!!



"Legioner muxlis". Birinchi son

"Legioner muxlis". Ikkinchi son

"Legioner muxlis". Uchinchi son


Agar siz ham ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz albatta sizning ham rasmingiz chop etiladi. "Legioner muxlis" o'z faoliyatini davom ettiraveradi va boshqa muxlislarimizdan ham rasmlar kutib qolamiz.

"Legioner muxlis" ruknida ishtirok etish shartlar quyidagilar:

1. Xorijda istiqomat qilish

2. O'sha shaharda selfi tushish (imkon bo'lsa stadionda) va o'zi haqida malumotni telegramda https://t.me/CA_admin ga yuborish kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика