So’nggi yangiliklar

01:15АПЛ. "Арсенал" – "Астон Вилла" , "Манчестер Юнайтед" – "Вулверхэмптон" (онлайн ҳисоб)  9 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  1 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  1 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 00:06АПЛ. ​"Челси" – "Борнмут". Таркиблар аниқ!  2 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  12 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  1 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  3 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  4 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16

"Legioner muxlis". Oltinchi son Yangiliklar

"Legioner muxlis". Oltinchi son

Teglar :  Legioner muxlis
Saytimizda "Legioner muxlis" rukni ishga tushgani haqida elon qilingan edi.

Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qilayotgan ko'plab futbol muxlislarimiz tomonidan "Legioner muxlis"da ishtirok etish istagini bildirishdi. Quyida navbatdagi "legioner muxlis"larimiz bilan tanishing. 


Qovlanov Hamidullo – Rossiya, Krasnodar  Sochi.
Men Qovlanov Hamidullo Juraboevich. 1985 yil Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tug'ilganman. Futbolga 8 yoshimdan buyon qiziqaman va hozirgacha shug'ullanib kelaman. Ishqibozlik borasidan mendan o'tadigani yo'q nazarimda. Qaerda bo'lmasin katta futbollarni tomosha qilaman. Hozirda Krasnodar shahrida ishlayman. “Krasnodar” klubi o'yinlarini tomosha qilaman. Asosiy muxlislik qiladigan jamoam O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Real Madrid” klubi. Sevimli o'yinchim Krishtianu Ronaldu va Odil Ahmedov.



Maruf – Xitoy, Sian
Assalomu alaykum! Bu o'rtog'im Maruf. Hozirda Xitoyning Sian shahrida tahsil olyapti. 1991 yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida tug'ilgan. “Nasaf”, “Real Madrid” va albatta O'zbekiston terma jamoasining muxlisi. Biz O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishiga ishonamiz.

Bu rasm 2018 yilgi jahon chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston - Xitoy o'yinidan keyin olingan.




Rahmatullo CHorshanbiev – Turkiya, Anqara
Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani Harduri qishlog'idanman. “Nasaf”ga va “Galatasaroy”ga muxlislik qilaman. O'zim Anqaradaman.



Jumaniyazov Nizomjon – Ispaniya, Santyago-de-Kompostela
Salom, men Jumaniyazov Nizomjon  Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidanman. Hozirda Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahridagi universitetda o'qiyman. Bu shahar La Korunya (“Deportivo”) va Vigo (“Celta”) shaharlari o'rtasida joylashgan. Futbolga yoshligimdan qiziqaman. “Barcelona”, “Manchester Yunayted”, “Inter” klublari, Braziliya, Argentina va Ispaniya terma jamoalariga muxlislik qilaman, O'zbekistonda “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Neftchi” klublarining o'yinlarini tomosha qilish yoqadi.



Bekzod Xudaybergenov – Rossiya
Men Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumanida tug'ilganman. Ayni paytda Rossiyadaman.


 
Karabaev A – Rossiya, Sankt-Peterburg
Sankt Peterburg. "Krestovskiy" stadioni. “Zenit” – “Rubin” uchrashuvi



Yusupov Jo'rabek – Rossiya, CHita.
Xorazmdan Jo'rabekman. Hozirda Rossiyadaman. Madridning “Real” klubi muxlisiman.



Ulug'bek Sattarov – Rossiya, Qozon



SHaripov Bahodir – BAA, Dubay
“Nasaf” va O'zbekiston terma jamoasi muxlisimiz. Zamonaviy va eng so'nggi yangiliklar uchun rahmat. Barchaga omad!


Imomov Jamol - Ispaniya, Madrid
Men Imomov Jamol. Buxoro viloyatida tug'ilganman... Madrid shahrida istiqomat qilaman... “Manchester Yunayted” va O'zbekiston MTJga muxlislik qilaman...



Kadirov Allohberdi – Rossiya, Sankt-Peterburg
Men marg'ilonda tug'ilganman hozir Rossiyada ishlayapman. Farg'onaning “Neftchi” klubi va “Barselona”ga muxlislik qilaman.



Mirzohid Rahimov – Rossiya, Moskva viloyati
Salom men Mirzohid Rahimov hozirda Moskva viloyati Karolev shahrida ishlayman. Yoshligimdan Farg'onaning “Neftchi” hamda “MYU” muxlisiman. O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlarini Xirosima-94 Osiyo o'yinlaridan beri qoldirmasdan kuzataman.



Fahriddin – Rossiya
Salom men Namangandan Fahriddin bo'laman. SHu saytni anchadan beri kuzatib kelaman. Bu rasm Odil Ahmedov “Anji”da o'ynab yurganida “Liverpul” bilan o'yinda tushulgan surat.



Alisher Ermatov – Rossiya, Moskva
Assalomu aleykum sayt xodimlari. Men Ermatov Alisher, Sirdaryo viloyati SHirin shahridanman. Hozirda Moskva shahrida ishlayman. “Bunyodkor” hamda “Barcelona” jamoalari muxlisiman. Sayt xodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va keyingi ishlarda omadlar tilab qolaman!


SHerzod Toshpo'latov - Ispaniya, Barselona




"Legioner muxlis". Birinchi son

"Legioner muxlis". Ikkinchi son

"Legioner muxlis". Uchinchi son

"Legioner muxlis". To'rtinchi son

"Legioner muxlis". Beshinchi son

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика