So’nggi yangiliklar

00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  1 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  45 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  7 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32

"Legioner muxlis". Beshinchi son Yangiliklar

"Legioner muxlis". Beshinchi son

Teglar :  Legioner muxlis
Saytimizda "Legioner muxlis" rukni ishga tushgani haqida elon qilingan edi.

Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qilayotgan ko'plab futbol muxlislarimiz tomonidan "Legioner muxlis"da ishtirok etish istagini bildirishdi. Quyida navbatdagi "legioner muxlis"larimiz bilan tanishing. 


Samandarov Mamur – Janubiy Koreya
Men “Manchester Yunayted” va O'zbekiston milliy terma jamoasi ashaddiy muxlisiman.



Ixtiyor Rahmatov – Rossiya, Moskva
Men Samarqand shahridanman hozirda Moskvada tahsil olaman futbol jonu dilim. Milliy chempionatda "Dinamo"ga omad tilayman. “Dinamo” va “Lester”ga muxlislik qilaman.



Niyozov Daler – Qatar, Doxa
Men Doxa shahrida  ishlayman. Futbolga juda qiziqaman. Avval o'zim ham futbolchi bo'lganman. Birinchi ligada “Yangier” va oliy ligada “Metallurg” jamoasida o'ynaganman. “Al Jayish” klubi va Sardor Rashidov o'ynagan o'yinlarda stadionga kirib tomosha qilib turaman. “Real Madrid” klubi muxlisiman.



Ortiqov SHahzod – Rossiya, Tomsk
Men Olmaliq shahrida tugilganman. Hozirda Rossiyaning Tomsk shahrida o'qiyapman. O'zim ham futbolchiman. 2011 yil “Olmaliq” futbol klubi o'rinbosarlari safida o'ynaganman. Keyinchalik Toshkent viloyati ikkinchi ligasi jamoasi Olmaliqning “Metallurg” jamoasi sharafini himoya qilganman. O'tgan yili viloyatda chempion bo'lganimizda championat.asia biz haqimizda yozgan edi. Men “Barselona” va “Bunyodkor” jamoasiga muxlislik qilaman.



Dilshod Azimov – Rossiya, Qozon  
Men Buxoro shahrida tug'ilganman ayni damda Rossiyaning Qozon shahrida ishlayman. Futbolga qiziqishim baland. Jahonda “Milan”, Rossiyada “Rubin”, O'zbekistonda “Buxoro” jamolariga muxlislik qilaman.



Mutalliev Quyoshbek – Turkiya, Izmir
Men Namanganda tug'ilganman. To'rt oydan buyon Izmir shahrida  istiqomat qilaman. Futbolga juda qiziqaman. “Navbahor” va “Barcelona” klublari muxlisiman...



Karimov Abdumalik – Rossiya, Kaliningrad

Men Rossiyaning Kaliningrad shahrida xizmat safaridaman. Namanganing “Navbahor” va Ispaniyaning “Real Madirid” klublari muxlisiman. 



Kurbaniyazov Ulug'bek – Rossiya, Sankt-Peterburg
Rossiyada yaqinda Konfederaciyalar kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan Portugaliya - Yangi Zelandiya uchrashuvini ko'rish uchun “Krestovskiy” stadioniga tashrif buyurdim.



Jo'rabek Iskandarov – Rossiya, Qozon
Men Samarqand shahrida tug'ilganman. Hozirgi kunda Qozonda yashayman. Legioner muxlis ishtirokchisi bulsam xursand bo'lardim.



Ziyodbek – Rossiya, Moskva
Assalomu alaykum sayt xodimlari sizlarni va butun vatanimizni o'tgan bayramlar bilan chin qalbimdan tabriklayman! O'zim Andijon viloyati SHahrixon tumanidanman. 1994 yil 10 iyulda tug'ilganman. Hozirda Moskvada yashayman. Sizlar bilan 5 yildan buyon birgaman, men uchun hamisha birinchi raqamli sayt bolib qolasizlar. O'zim “Roma” va “Andijon” klublari muxlisiman. Nasib qilsa keyingi yil oliy ligada yana ko'rishamiz. Saytdagi nikim: ZIYODBEK FORZA ROMA.



"Legioner muxlis". Birinchi son

"Legioner muxlis". Ikkinchi son

"Legioner muxlis". Uchinchi son

"Legioner muxlis". To'rtinchi son


Agar siz ham ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz albatta sizning ham rasmingiz chop etiladi. "Legioner muxlis" o'z faoliyatini davom ettiraveradi va boshqa muxlislarimizdan ham rasmlar kutib qolamiz.

"Legioner muxlis" ruknida ishtirok etish shartlar quyidagilar:

1. Xorijda istiqomat qilish

2. O'sha shaharda selfi tushish (imkon bo'lsa stadionda) va o'zi haqida malumotni telegramda https://t.me/CA_admin ga yuborish kerak.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика