Lautaroning agenti: “U ukollar orqali o'ynamoqda”
08 dek 2022 09:20
Yangiliklar
Lautaroning agenti: “U ukollar orqali o'ynamoqda”
Argentina TJ forvardi Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano mijozining sog'lig'ida muammolar borligiga to'xtaldi.
“Uning o'ng oyoq to'pig'ida qattiq og'riq bor va u o'ynay olishi uchun ukol qilinmoqda. Lautaro juda kuchli, ammo Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda bekor qilingan gollari unga qattiq tasir qildi.
Lautaro og'riqlarni yo'qotish uchun ko'p mehnat qildi. Bu o'tib ketganidan keyin esa u maydonga tushadi, chunki u jahon darajasidagi to'purar”, deydi agent.
25 yoshli hujumchi joriy mundialda 4 ta bahsda qatnashib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi.
Fikrlar