Lautaro Martinesga yana bir da'vogar paydo bo'ldi

9 iyun 2020, 09:43
MYU ham kurashga qo'shildi.

“Manchester Yunayted” klubi “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishga harakat qilib ko'radi. Futbolchiga asosiy da'vogar sifatida “Barselona” qaralayotgandi. Biroq tomonlar mablag' borasida kelisha olmayapti. MYU esa vaziyatni kuzatib turgani aytilmoqda.

Martinesning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 111 mln evroni tashkil etadi. “Barselona” esa buncha mablag'ni to'lashga tayyor emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca.com